Kitob insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat, qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Inson madaniyati uning kitobida aks ettirilgan.Kitobga bo‘lgan qiziqish o‘sib kelayotgan yosh avlodning maʼnaviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi.
Joriy yilning 16-yanvar kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari navbatdagi ko’chma kutubxona faoliyatini Muzrabot tumani «Shaffof» MFY.da joylashgan «Mikrokredit» bank jamoasida davom ettirib, 2025-yil uchun shartnoma yangilandi.
