Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha tuman va shaharlar hokimliklari xodimlari va davlat tashkiloti xodimlari uchun Siyosiy-maʼrifat soati tashkil etilmoqda. Joriy yilning 17-yanvar kuni tuman Axborot-kutubxona markazida “Siyosiy-maʼrifat soati” boʻlib oʻtdi.
Siyosiy-maʼrifiy oʻquv soatida axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etishdi.
Eslatib oʻtamiz, siyosiy maʼrifat soati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.