«Moviy jamadon» tashrifi

Yangiliklar

O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish «maqsadida joriy yilning 20-yanvar kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati xodimlari Muzrabot tumanida joylashgan 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida «Moviy jamadon tashrifi» loyihasi asosida ko’chma kutubxona tashkil qildi. Moviy jamadon tashrifi lohiyasida o’quvchilarga axborot-kutubxona fondidagi mavjud ertak kitoblar tavsiya qilinib, savol-javob o’tgazildi. 1-maktabdagi o’quvchilarga kutubxona va kitoblar to’g’risida to’liq ma’lumot berildi.