“Kitob inson hayotidagi o’rni” nomli so’rovnoma

Yangiliklar

Eng yaqin do‘stimiz, aslida kitobdir. Mutolaa bilan ma’naviyatimiz oshadi, dunyoqarashimiz kengayadi, fikrlarimiz teran bo‘ladi. Qiyin vaziyatlarda, sinovli damlarda o‘zimizni qanday tutishni, qay yo‘ldan ketishni anglab yetamiz. Ha, kitob shunday do‘stki, biz uchun faqat va faqat yaxshiliklarni, ezguliklarni ravo ko‘radi. Joriy yilning 31-yanvar kuni tumanning “Madaniyat” MFY.da istiqomat qiluvchi nuroniy kitobxonimiz Xikmatov Zarif bobo axborot-kutubxona markazimizga tashrif buyurib “Kitobning inson hayotidagi o’rni” mavzusida so’rovnoma to’ldirdilar.