Tog’ay Murod tavalludiga bag’ishlab tashkil etilgan kitoblar ko’rgazmasi

Yangiliklar

“Mutolaa-bu muloqot. Barcha kitoblar siz bilan gaplasha oladi, biroq yaxshi kitoblargina sizni tinglay oladilar”

Joriy yilning 3-fevral kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida  Abdulla Qodiriy nomli Davlat mukofoti laureati, O’zbekiston xalq yozuvchisi Tog’ay Murod tavalludiga bag’ishlab “Yulduzlardek mangu yongan asarlar” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi.Ko’rgazmada yozuvchining “Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi”, “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, ” Yulduzlar mangu yonadi” asarlari joy oldi.