Uch avlod uchrashuvi
Joriy yilning 3-fevral kuni Muzrabot tuman 1-umumta’lim maktabida tumanning “Yo’lchi” MFY. Vakillari va shu maktabning o’qituvchi,o’quvchilari hamda Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
Ucharshuv davomida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonida “Maʼnaviyat kitob oʻqishdan boshlanadi” loyihasi asosida yangi adabiyotlardan “Kitoblar dunyosiga sayohat” nomli kitob koʻrgazma tashkil etildi.
Tadbirda faxriy otaxon-onaxonlar, oʻrta va kichik yosh vakillari ishtirok etishdi.
Axborot-kutubxona markaziga kitobxonlarni jalb etish, aholining kitobxonlik darajasini oshirib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida oʻzbek va jahon yozuvchi, shoirlarning sara adabiyotlari targʻib qilindi.

