Asrlardan asrlarga, nasllardan nasllarga o’ta xalqlar dilida barhayot bo’lish yolg’iz ulug’largagina- shu xalqning ezgu umidlarini, ajoyib orzularini ifodalagan buyuk shaxslargagina xos xususiyat va qismat bo’lgan. Alisher Navoiy mana shundaylardan biridir. Bugun axborot-kutubxona markazida tumanning 1-8-38 umumta’lim maktab o’quvchilari hamkorligida buyuk mutaffakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” deb nomlangan adabiy badiiy kecha o’tkazildi. Tadbirda buyuk shoir va mutaffakkir, o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi Hazrat Alisher Navoiyning hayoti va boy ijodiy merosi haqida so’z yuritildi Kutubxona mutahassislari tomonidan “Asrlarga asrdosh-avlodlarga zamondosh” deb nomlangan kitob ko’rgazmasidan joy olgan adabiyotlarning targ’iboti olib borildi hamda Navoiy asarlari yuzasidan savol-javoblar o`tkazildi. Tadbirda faol ishtirok etgan kitobxonlarga tashakkurnoma va esdalik sovg’alari tantanali topshirildi.

