Elektron kitoblar

✍Lev Tolstoy

📚 «Sonata tilsimi»

Tolstoy ijodi badiiy janrlarga koʼra rang-barang romanlar, qissalar, hikoyalar pьesalar, sanʼat haqidagi risolalar, koʼplab publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar, minglab xatlar, jildlab kundaliklar…

Goʼyo ulkan soʼz fabrikasi oʼn yillar davomida tinim bilmay ishlab turgan va uning dargohlarida eng nodir mahsulotlar yaratilgan. Ular bir-biridan ohorli koʼrkam. Kitobni mutolaa qilish davomida adib ijodining salmogʼi qay darajada ulkan ekanligiga oʼzingiz amin boʼlasiz.

Kitobni o’qish.

✍ Lev Tolstoy

📚» Avliyo Sergiy»

Buyuk rus yozuvchisi L. N. Tolstoyning «Аvliyo Sergiy» qissasi oʼziga xosligi bilan adabiyotshunoslar va kitobxonlarning diqqat-eʼtiboriga sazovor asarlaridan biridir. Аsar qahramonining hayot tarzi koʼp jihatdan yozuvchining inson umri, uning ishonchi, eʼtiqodi borasidagi qarashlarini aks ettiradi. Insonning maʼnaviy-ruhiy komillikka intilish yoʼlidagi mashaqqatlarini, ziddiyatli ichki ruhiy kechinmalarini tasvirlar ekan, yozuvchi oʼzining ham bu boradagi falsafiy qarashlarini bayon etadi. Ushbu qissa ilk marotaba yozuvchining vafotidan soʼng 1911 yilda «L. N. Tolstoyning soʼnggi asarlari» nomli saylanmada nashr qilingan. Аsar oʼzbek tilida ilk bora kitobxonlar eʼtiboriga havola etilmoqda.
Shuningdek, mazkur kitobdan yozuvchining Ozod Sharafiddinov tomonidan oʼzbek tiliga oʼgirilgan «Iqrornoma» hamda Ibrohim Gʼafurov tarjimasidagi «Telbaning yozganlari» asarlari ham oʼrin olgan.

Kitobni o’qish.

Ushbu safarga chiqishni istashimiz yoki istamasligimizni bizdan hech kim so‘ramadi. Bundan tashqari, ushbu yo‘lni so‘nggi bekatiga qadar loyiq inson bilan bosib o‘tishimiz darkor. Safarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan biror ish qilsang, o‘zingga ham, safardagi boshqa insonlarga ham xiyonat qilgan bo‘lasan.
Shunday ekan, na o‘zingga, na boshqa insonlarga zarar berma. Zarar yetkazishni hatto aqlingga ham keltirma. Bir kun kelib, quyosh hayotning bir tarafidan yuzingga nur sochadi. Bir kun kelib esa, boshqa tomonidan yomg‘ir tomchilari bir-biriga g‘arq bo‘layotganini kuzatasan.
Sen hayotning quyoshli tomonida sayr qilar ekansan, yomg‘irli tomonida sodir bo‘layotgan baʼzi narsalardan bebahra qolishing mumkin. Hayot balki shundan iboratdir, ehtimol, butunlay boshqachadir. Buni bila olmaymiz; ammo ehtimollarni istisno qilmaslik lozim. Yomg‘ir va tuyg‘ulardan qochmaslik kerak. Safar davomida qarshingdan to‘siqlar chiqadi va balki ushbu to‘siqlardan tezlik bilan o‘tganingda silkinib ketarsan; ammo muhimi bu emas.
Yakuni qanday bo‘lishini bilgan safaringda to‘siqlar seni qo‘rquvga solmasin. Silkinishlar seni yiqita olmaydi. Bu qalbing ko‘plab silkinishlarni yengib o‘tgan.
Har bir insonni farqli va o‘zgacha tarzda shakllantirgan safari belgilab beradi. Ushbu safarda qayerga borishi emas, kim bilan borishi muhim. Yuragi kim bilan tez ursa, hislarini unga yo‘naltirishi darkor.
Hayotning yomg‘irli tomoniga duch kelsang ham, aslida quyoshli tomonida hech narsa farqli emas. Har bir yomg‘irli oqshomning quyoshli tonggi bo‘lgani kabi, har bir quyoshli kunning ham yomg‘irli oqshomi bor. Shu bois, muhim bo‘lgan yagona narsa – yo‘ldagi hamrohingdir…
Uni tanlayotganingda eʼtiborli bo‘l. Hayotning ikki tarafiga ham senla nazar sola oladigan jasorati va tuyg‘ulari bo‘lsin…
Yo‘lga chiqqach, har safar oyoqqa tosh tekkanida, joni avvalo o‘zi uchun emas, yonidagi yo‘ldoshi uchun og‘rishi kerak. Shunday og‘risinki, yo‘llarning boshqa taraflari ham ochilsin.
Hatto toshlar va to‘siqlardan iborat bo‘lsa xam.
Endi esa tabassum qil. Qahva damlab, o‘rindiqqa suyanib ol. Deraza ortidagi yomg‘irning tomchilari bir-biriga g‘arq bo‘layotgan ondan eʼtiboran qanday shakllarga kirayotganini men bilan kuzat.

Kitobni o’qish.

Mario Pyuzoni mashhur qilgan va adabiyot sahnasida uning nomini ko‘klarga ko‘tarishga sabab bo‘lgan asar, shubhasiz, «Cho‘qintirgan ota yohud mafiya sardori» asaridir. Bu asar million yillardan beri odamlar o‘rtasida davom etib kelayotgan illatlar, bir-birini ko‘rolmaslik, cheksiz boylikka bo‘lgan hirs, adovat kabilarni ro‘y-rost ifodalab bergani, shuningdek, amerikalik va sisiliyalik mafiyachilarning kirdikorlarini to‘la-to‘kis ochib bergani bilan dunyo miqyosida ommalashib ketdi.
Asar badiiy to‘qimalarga boy bo‘lsa-da, kitobxonni ortidan ergashtiradi. Demak, biz hurmatli kitobxonlarimizni ular intiqlik bilan kutgan asar mutolaasiga qayta chorlaymiz.

Kitobni o’qish.

📚 «Taqdir bitiklari»

✍ Qurbon Amirqulov

Qurbon bobo Amirqulov asli Boysunlik. U kishi nafaqat Muzrabotda, balki mamlakatimizda mehnati bilan elning nazariga tushgan

ishbilarmon insonlardan biri. Hozir etmishni qoralab qolgan. Lekin uning g‘ayrati hamon ichiga sig‘maydi; ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan

orzu-umidlar, yangi intilishlar og‘ushida yashaydi. Tinib-tinchimaydi, boshqalarni ham tinchitmaydi.
Qurbon Amirqulovning dehqonchilik,

chorvachilik, bog‘dorchilik, baliqchilik, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish sohasida amalga oshirgan ishlari, o‘z jamoasining

ishchi-xizmatchilariga yaratgan shart-sharoitlari nihoyatda e’tiborga molik.
Bu kitob Qurbon boboning umr sarhisobi. U o‘tgan umrini cho‘tga

tashlab ko‘radi, o‘ziga ham, o‘zgalarga ham xolis baho berishga harakat qiladi, ibratli xulosalar chiqaradi.
Birni ko‘rib fikr qil, birni

ko‘rib shuku qil, deydilar. O‘ylaymizki, Qurbon Amirqulovning kitobi bizni fikr qilishga, shukr qilishga o‘rgatadi. »

Kitobni o’qish.

📌 Erkin Vohidov
✍️ Ruhlar isyoni

„Ruhlar isyoni“ — o‘zbek shoiri Erkin Vohidov bengal shoiri Narzul (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Nazrul_Islom)Islomhaqida yozgan doston. Doston bir necha rivoyatdan iborat boʻlib, ularda turli tarixiy va tarixiy boʻlmagan shaxslar haqida soʻz yuritiladi. „Ruhlar isyoni“ Vohidovning eng yaxshi tanilgan dostonlaridan biri boʻlib, adabiy tandiqchilar tomonidan yuqori baholanib keladi. Ibrohim G‘ofurov  doston haqida „Menga u koʻp jihatlardan bugungi oʻzbek sheʼriy tafakkurining – lirik tafakkurining choʻqqisi boʻlib koʻrinadi“, deb yozgan

Kitobni o’qish

“Jarayon” oson o‘qiladigan roman emas. O‘qish murakkab, tushunish uchun mehnat qilish kerak. Tahlil uchun esa vaqt lozim.

Mutolaaga kirishar ekansiz, chalg‘ishingiz yoki diqqatsizligingiz butun jarayonni qayta o‘qishga «majbur qilishi» mumkin. Jumla tuzilishi, tasvirlar, yondashuv boshqa qaysidir yozuvchi uslubini eslatmaydi. Buni adibning o‘zi  «Yozganlarim g‘alati», deya izohlagan.

Erix Fromm “Jarayon”ni eng uzun tush, deb taʼriflagani bejiz emas. Chunki Yozef to‘xtab qolgan vaqtning harakatlanishi, yaʼni jarayonga aylanishini uzoq kutadi. O‘zining hibsga olinish sababini tushunib yetmagan asar qahramoni nafaqat tush va hush oralig‘ida yashaydi, balki qarshisidagi savollarga javobni ham hayotdan emas, tushdan izlaydi… Nihoyat, topadi!

Mutolaadan so‘ng amin bo‘lasizki, Frans Kafka murakkab uslubga ega yozuvchi sifatida tush va hush oralig‘idagi yagona haqiqatni – “Jarayon”ni ortiqcha bo‘yoqlarsiz, adolat tarozisida dunyoga keltirgan!

Mutolaa uchun keling!

Kitobni o’qish

 

 

«Cho’qintirgan ota yoxud mafia sardori» Mario Pyuzo

Don Vito Korleone (Cho’qintirgan ota badiiy filmidan)
Asar qahramonlari: Don Vito Korleone, uning uchta o’g’li Santino (Sonni), Frederiko (Freddi), Maykl, maslahatchisi Tom Xeygen, o’ng va chap qo’llari Klementsa va Tessio.

Korleonelarning oilasi sirtdan qaraganda oddiy zaytun importi bilan shug’ullanuvchi biznes egalaridek ko’rinsada, aslida ular butun bir Amerikaga ta’sir ko’rsata oladigan kuchga(tabiiyki bu kuch jinoyat bilan egallangan) ega bo’ladi. Bu kitobni o’qigan har qanday odamda o’zgacha hislar uyg’onadi deb o’ylayman. Chunki, bunda inson hayoti davomida nimalarga uchrashi, ya’ni qanday voqealarni boshidan kechirishi mumkin bo’lsa, hammasi tasvirlangan. Bu yerda do’stlik va dushmanlik, sadoqat va xiyonatni uchratishingiz mumkin. Agar bor e’tiboringizni berib o’qisangiz juda muhim bo’lgan hayot darslarini olishingiz aniq.

Asarni boshlanishidagi Balzakning so’zlari meni juda qattiq tasirlantirdi: «Har qanday katta boylik ortida jinoyat yashiringan bo’ladi». Haqiqatdan ham, asar o’qish jarayonida shunga amin bo’ldim.
Endi, asarni qisqacha bayon etsam. Eng qisqa variantini yozishga harakat qilaman.
Asarning birinchi bobi 3 kishi Don Korleonedan qizining to’yida yordam so’rab kelishlaridan boshlanadi. Shundan so’ng muallif Korleonelar oilasining faoliyati qay tarzda amalga oshirilishi haqida asta-sekinlik bilan bayon eta boshlaydi. Qizining to’yi tugagandan so’ng Donning maslahatchisi Tom Heygen uni narkobiznes bilan shug’ullanadigan Solotso bilan uchrashuv haqida aytadi va uchrashuv shu bir hafta ichida yuz beradi. Narkobiznesmen unda Amerikada faoliyat yuritishi uchun unda Korleonelar yordami zarurligini aytadi, lekin Don Korleone buni rad etadi. Menimcha, u pulni narkotikdan ya’ni ko’pchilikni yostig’ini quritish orqali olishni xohlamaydi. Oradan uch oy o’tar o’tmas rojdestvoga 1 kun qolganda Donni ishxonasidan chiqayotganda otib ketishadi va Donning eng muhim quroli Lyuka Brazini o’ldirishadi. Don tirik qoladi, lekin kasalxonaga yotadi. Bu Solotsoning ishi bo’ladi. Keyin Donning kichik o’g’li Maykl Solotsoni otib o’ldiradi va buning oqibatida Sitsiliyaga qochib ketishiga majbur bo’ladi. Don betob payti uni ishlarini boshqarayotgan katta o’g’li Sonni(Santino)ni otib o’ldirishadi. Don tuzalib hamma ishlarni o’zi boshqara boshlaydi va 3 yil ichida Mayklni olib keladi. Maykl kelib otasining ishlarini obdon o’rganishni boshlaydi. 3 yildan so’ng boshqaruvni o’z qo’liga oladi. Oradan ozgina vaqt o’tib uning otasi Don Vito Korleone vafot etadi. Maykl oilaviy ishlarini New Yorkdan Las Vegasga o’tkazishga qaror qiladi. Va New Yorkda uning oilasiga qarshilik ko’rsatgan oilalarni kirib tashlaydi. Menga eng yoqqan bob bu 14-bob. Chunki, bu bobda Donning muvaffaqiyat tarixi yozilgan.
Shu bilan asar tugaydi.

Kitobni o’qish

📚 «Tong otmoqda»
✍️ Lesya Ukrainka
📜 Ukrainlarning mashxur ijodkorlaridan biri – mumtoz shoira, erk va ozodlik kuychisi Lesya Ukrainkaning yolqinli she’rlari, poemalari, yuksak xalqchillik ruhi bilan sug‘orilgan ertaklari, pesalari bugungi kunda ham nafaqat o‘z yurtida, balki butun erksevar dunyo mamlakatlarida, jumladan, bizda ham zo‘r qiziqish bilan o‘qiladi.
«Tong otmoqda» nomli mazkur kitobdan sermahsul shoira asarlaridan namunalar va Lesya Ukrainka hayoti, ijodiy faoliyati haqidagi taniqli olimlarimizning ayrim tadqiqotlari o‘rin olgan. O‘ylaymizki, ular sizni befarq qoldirmaydi.

Kitobni o’qish

Abduqayum Yo’ldoshev

«Puankare»

Men ham insonman. O‘zim uchun ozgina yashay, o‘zimning yoshlik orzu niyatlarim uchun ozginagina ishlay». Bu -adabiy jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan «Puankare» hikoyasi qahramonining so‘zlari. Zotan, inson uchun tinimsiz mehnati, ter to‘kib ishlagani, yelib-yugurgani, biroq maqsadiga yeta olmagani alamli hol. Nahot, umr deganlari adoqsiz sho‘rishlardan iborat bo‘lsa?

Mazkur to‘plamga muallifning turli yillarda yozilgan, hali kitob holida chop yetilmagan asarlaridan bir qismi saralab olindi. Qahramonlar turli-tuman. Shunga ko‘ra siz hikoyalardagi turfa taqdirlar, voqea-hodisalarga ro‘baro‘ bo‘lasiz. Oddiy insonlarning kutilmagan kechmishlari, maslak, maqsadlari, maroqli sarguzashtlari guvohiga aylanasiz. Ularning dunyoqarashi, nuqtayi nazari va fikrlariga sho‘ng‘iysiz.

Kitobdan joy olgan qissa ham xuddi hikoyalar kabi chuqur taassurot qoldiradi. Muallif bilan uyushtirilgan suhbat esa ko‘plab savollaringizga oydinlik kiritadi deb o‘ylaymiz.

Kitobni o’qish

Harper Li

«Mazaxchini o’ldirish»

Amerikalik taniqli yozuvchi qalamiga mansub ushbu asar o‘z davrida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, ko‘pchilikning sevimli asariga aylangan va hamon shunday bo‘lib qolmoqda. Dunyoning ko‘plab reytinglaridan munosib o‘rin egallagan asar o‘zbek o‘quvchilariga ilk marta taqdim etilmoqda. Adabiyot muxlislari uchun mo‘ljallangan.

Kitobni o’qish

«KALILA VA DIMNA» — adabiy yodgorlik. «Panchatantra» va «Xitopadesha» kabi qadimgi hind og‘zaki ijodi zaminida vujudga kelgan, uning aniq, yozilgan vaqti maʼlum emas. Asar shahzodalarga taʼlim-tarbiya berishga mo‘ljallangan bo‘lib, nasihat ruhida yozilgan. Unda ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va maishiy masalalar, asosan, majoziy yo‘l bilan 2 shag‘ol (chiyabo‘ri) – KALILA va DIMNA (sanskritcha Kartak va Damnako, paxlaviyda Kalilak va DIMNA) munozarasi shaklida bayon etiladi.

Kitobni o’qish

Зафарнома
Шарафиддин Али Яздий
Ҳазрати Соҳибқирон Амир Темур таваллудининг 660 йиллигига бағишланган нашрда – «Зафарнома»дек табаррук ва буюк асарнинг 1516 йилдаги таржимасида солноманинг форсча матнига ишланмиш турли мактабларга мансуб миниатюралар зарварағи илова этилди.

Yuklab olish