“Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to’plab avlodlarga yetgazadi” nomli kitoblar targ’iboti

Yangiliklar

Kitob – eng odil doʻst, beminnat muallim, bebaho xazina. Dunyodagi eng zoʻr kashfiyot ham kitobdir. Kitob boʻlmaganda buyuk kashfiyotlarning qay biri ixtiro qilingan boʻlar edi? Kitobga yoʻldosh inson hayotning har qanday sinovini tafakkur bilan yengib oʻta oladi. U ong va qalbimiz ehtiyojini qondiribgina qolmay, ruhimizni ham tarbiyalab boradi, bizni shaxs sifatida shakllantiradi. Kitobxonning maʼnaviyatida boʻshliq boʻlmaydi.Mutolaa insonni hamisha maʼnan yuksaltirgan. Bugungi axborot asrida tengdoshlarimizning kitobga oshnoligi, mustaqil fikrlay olishi, mustahkam hayotiy pozitsiyaga egaligi kishini quvontiradi.Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman Mudofaa ishlari bo’limiga borib hodimlar o’rtasida “Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to’plab avlodlarga yetkazadi “nomli kitob targ’iboti o‘tkazildi.Shu bilan birgalikda ko’chma kutubxona kitoblari yangi kelgan adabiyotlarga almashtirildi.