“Bahor keldi seni so’roqlab…” nomi kitob ko’rgazmasi

Yangiliklar

Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo’shiq
Bu qo’shiq naqadar oshno,yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to’liq

Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston Xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 – martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida, degrez oilasida tugʻilgan.Joriy yilning 27-fevral kuni
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida Zulfiyahonim tavallud kuni munosabati  bilan  “Bahor keldi seni so’roqlab …” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko’rgazmasidan shoiraning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar,uning qalamiga mansub she’riy kitoblar jamlanmasi joy olgan.
Shoira ijodiga qiziqqan kitobxonlarga  TAKM fondidagi she’riy kitoblarini olib o’qishlarini tavsiya etamiz.