Oiladagi to‘g‘ri va asosli tarbiya inson umrining mustahkam poydеvoridir. Inson fazilati, hayot go‘zalligi ota-onaning farzand tarbiyasidagi uzluksiz mеhnati farosat bilan, uzoqni bilib ish ko‘rishiga bog‘liqdir. Bunda esa kitobxonlikning o‘rni bеqiyosdir. Oilada kitobxonlikni targ‘ib etish orqali esa o‘sib kеlayotgan yosh avlodni yurtimiz kеlajagi uchun mas’uliyatli inson bo‘lib yеtishida poydеvor bo‘la oladi. Shuningdеk, maqolada, jahonning rivojlangan davlatlarida bolalar tarbiyasi xususiyatlarini yorituvchi ma’lumotlar ham o‘rin olgan. Onalar tomonidan kitobxonlik an’analarini tiklash. Kitob va kitobxonlik orqali ona va bolalarining ma’naviy barkamolligi uchun g‘oyat muhim hisoblanadi.Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi”nomli kitob targ’iboti o‘tkazildi.Shu bilan birgalikda kutubxonaga yangi kelgan kitoblar tavsiya qilindi .

