Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: «Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo’lmaydi. Kitob o’qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo’q», – deya ta’kidlaydilar.
Yaxshi fazilatlar inson ongiga kitoblar orqali singdiriladi. Har bir inson o’z vaqtini unumli, foydali o’tkazish, ma’naviy saviyasini oshirish maqsadida kitoblar, badiiy adabiyotlar bilan oshno tutinadi, hordiq chiqaradi.
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan tumanning «Yangi hayot» mahhalasida «Siz kutgan kitoblar» loyihasi doirasida yangi kitoblar targ’iboti o’tkazildi. Targ’ibotda Robin Sharmaning «Ferrarisini sotgan rohib bilan o’z taqdiringizni kashf eting» hamda O’tkir Hoshimovning ,»Urushning so’nggi qurboni» kitoblari mazmuni haqida qisqacha so’zlab berildi. Kitoblar haqida fikr almashildi. Ushbu kitoblar o’qish uchun tavsiya etildi.