Tavsiya qilamiz

Yangiliklar

📚»Boburiynoma».

✍️ Xayriddin Sulton.

📝 Taniqli adib Xayriddin Sultonning «Boburiynoma» ma’rifiy romani 1997-yili birinchi marta chop etilgandayoq adabiy jamoatchilik, keng kitobxonlar ommasining tiliga tushgan, katta qiziqish bilan o‘qilgan va qizg‘in fikr-mulohazalar uyg‘otgan edi. Aslida Zahiriddin Muhammad Bobur shaxsi, hayoti, adabiy merosi yozuvchi ijodiy faoliyatining bosh mavzusi, desak yanglishmaymiz.

📌 Asar muallifi 1992-yili boburiylar izlarini izlab Eron, Turkiya, Suriya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Afg‘oniston mamlakatlari bo‘ylab tashkil  etilgan ilmiy ekspeditsiya tarkibida ishtirok etgan. Safar taassurotlari, xotira va hayajonlari, ular davomida, ajdodlarimizning bemisl madaniy merosi, ularning zafar-fojialari, kechmish iztiroblari, kelgusi nasllarga qoldirgan umr saboqlari, muqaddas ziyoratgohlar haqida to‘plangan ko‘plab muhim ma’lumotlar «Boburiynoma» ma’rifiy romanining yaratilishida asos bo‘lgani shubhasiz.