Kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsia Markes sharafiga tashkil qilingan ko’rgazma

Yangiliklar

🗓 1927-yil 6-mart Kolumbiyalik yozuvchi, jurnalist, Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsia Markes tug’ilgan kun.

“Kimdir sizni o‘zingiz xohlaganingizcha sevmasa, u sizni butun qalbi bilan sevmaydi degani emas.”

“Odamlar qariganda sevishni to’xtatadilar degan gap biroz noto’g’ri: aksincha, ular sevishni to’xtatganlari uchun qariydilar.”

Yozuvchi sharafiga Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi ko’rgazmalar zalida kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Ko’rgazmada yozuvchining “Yolg’izlikning yuz yili” ,”Buzrukning ko’zi”,”Polkovnikka xech kim xat yozmaydi”,”Oshkora qotillik qissasi”,”To’kilayotgan yaproqlar” kitoblari joy oldi.