«Navro’z ayyomining fayzi» mavzusida kitoblar ko’rgazmasi.

Yangiliklar

2025 yil 20 mart kuni tumanning 1- maktabda  o’quvchilar va Aхborot – kutubхona markazi mutaхassislari R.To’raqulova,Y.Xolyorova,M.Esanovalar tomonidan “Navro’z” bayramiga bag’ishlab “Navro’z ayyomining fayzi” mavzusida kitoblar targ’iboti o’tkazildi.
Targ’ibotda Aхborot – kutubхona markazi хodimi R.To’raqulova shunday so’zladi:- Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina O’zbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko’k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo’lgan ko’p vitaminlarga boydir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi.-deb targ’ibotni davom ettirdi. “Navro’z  – yangilanish va ezgulik timsoli”  mavzusida adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.
O’quvchi yoshlar tomonidan Navro’z haqida she’r va qo’shiqlar ijro etishdi. Milliy o’yinlar ham ijro etishdi.

«