Muzrabot tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan xotin-qizlar o’rtasida «Oilamda kitobning o’rni» mavzusida so’rovnoma o’tkazildi. So’rovnomada oilaning bekasi bo’lgan ayollar farzand tarbiyalashda kitobning o’rni beqiyosligi haqidagi o’z fikrlarini yozdilar.
Bunday so’rovnomalarni o’tkazishdan ko’zlangan maqsad, aholini va yoshlarni kitob va kutubxona xazinalaridan ma’naviy ozuqa olishga ko’maklashish.