Joriy yilning 28-mart kuni tumandagi 15- maktabi o’quvchilari kutubxonaga tashrif buyurdilar. Ular bilan “Kitob-ilm va hikmat manbai” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi. Kutubxona bo’ylab sayohat qilib, kitoblar, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan yangi nashr etilgan kitoblardan T.Hayitning “Bahouddin Naqshband”, D.Sinseroning “HETUPI”, Sh.Rahmonovning “Mukammal xotira” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. O’quvchilar kutubxonaga a’zo bo’lib o’zlariga yoqqan kitoblarni o’qish uchun oldilar.
