Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Unda tumanning kitobxon o’quvchi yoshlari ishtirok etdi.
Muloqot samimiy, ochiq o‘tdi. Yoshlar bilan zamonaviy hayotimizning bir bo‘lagiga aylanib qolgan kitob va kitobxonlik mavzusida so’z bordi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarga alohida to’xtaldi.
Markaz mutaxassislari tomonidan ” Ma’naviyat kitob o’qishdan boshlanadi” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Uchrashuv so’ngida bir necha yoshlar kutubxonaga a’zo bo’ldilar.