2025-yil 1-aprel kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Buyuk salohiyat sohibi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Unda Amir Temurning hayot yo‘li, dalat boshqaruvi va harbiy mahoratiga aloqdor kitoblar, rasmlar va jurnallar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmada “Amir Temur”, «Temur tuzuklari», «Amir Temur saltanati», «Sohibqiron yog’dusi», «Samarqand ismonidagi yulduzlar», » Sohibqiron» kabi kitoblar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar tarixda o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxs, ulkan bunyodkor, yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur hayotini o‘rganishga yordam beruvchi adabiyotlar bilan yaqindan tanishadilar.