«Yo’l-yo’lakay» loyihasi doirasida.

Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7- iyundagi PQ- 4354 sonli qarori O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot kutubxona xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risidagi qarorini ijrosini ta’minlash va muhim besh tashabbusining beshta yo’nalishi bo’yicha  yoshlar va aholi o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida  Muzrabot  tumani  axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Yo’l-yo’lakay» loyihasi doirasida kitobxonlarga xizmat ko’rsatildi.Xizmat davomida «Yangi hayot» M.F.Y. da yashovchi aholiga,savdo shahobchalarida xizmat ko’rsatildi. Kitobxonlarga yangi kelgan badiiy adabiyotlar haqida  ma’lumotlar berildi va qiziqtirgan badiiy kitoblar taqdim etildi.