Kitobga do‘st bo‘lish,kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Shu munosabati bilan joriy yilning 15-aprel kuni Muzrabot tuman Axboroot-kutubxona markazida Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda o’tkazilgan, «Eng yaxshi kitobxon» ko’rik tanlovining hududiy (2-sektor) bosqichi bo’lib o’tdi.
Unda tumandagi 5-7-8-9-11-12-13-26-30-54 maktab o’quvchilari qatnashdi.Ushbu ko‘rik-tanlov orqali o‘quvchi yoshlarni qanchalik bilimga egaliklarini va kitobga bo’lgan qiziqishini bilib olish mumkin bo’ldi.
Ko’rik-tanlovni Muzrabot TAKM mutaxassislari tamonidan munosib baholanib borildi.Natijalarga ko’ra 1-o’rinni 7-maktab o’quvchisi M.Qodirova,2-o’rinni 13-maktab o’quvchisi F.Usmonova, 3-o’rinni 11-maktab o’quvchisi Sh.Eshmurodovalar egallab tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.