Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan
oʻzbek tojik yozuvchisi, shoir Sadriddin Said Murodzoda Ayniyning tavalludining 147 yilligi munosabati bilan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Yozuvchi 1878 yil 15 aprelda Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. Sadriddin Ayniy »Sudxoʻrning oʻlimi», «Muqanna qoʻzgʻoloni», «Temur Malik» kabi vatanparvarlik ruhidagi asarlar muallifidir. Kitobxonlarga Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.