Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida tumanning umumta’lim maktablarining faol o‘quvchilari uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonadagi imkoniyatlar, o‘quv zallari, kutubxona xizmatlaridan foydalanish tartiblari, fondi va tarixi bilan kutubxona mutaxassisi Z.Mamatova tomonidan ma’lumot oldilar va yaqindan tanishtirib o‘tildi.
Tashkil etilgan sayohat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olib, sayohatdan katta ta’surotlar bilan qaytdilar.
Siz ham mutolaani sevasizmi? Kutubxonaga keling😇