“Ozbekiston-kitobxonlar yurti” V -Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Yuraklardan joy olgan shoir” nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida 21-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tayotgan  “Ozbekiston-kitobxonlar yurti” V -Respublika “Kitobxonlik haftaligi doirasida xalq dardiga hamnafas shoir, xalqning yuragini ifoda etgan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71-yilligiga  bagʻishlab “Yuraklardan joy olgan shoir” nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Markaz mutaxassisi M.Atoyeva kitobxonlarga shoir hayoti va ijodiga oid voqealar haqida gapirib berdi.