Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «O’zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika Kitobxonlik haftaligi doirasida turli xil mavzularda va adiblarga bag’ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirishdi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – yoshlar,aholi orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni badiiy, ilmiy va tarixiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish.
Ko‘rgazmada mashhur yozuvchi va shoirlarning asarlari, shuningdek, zamonaviy adiblar ijodidan namunalar namoyish etildi. Badiiy kitoblar bilan birga fan, texnika, biologiya, psixologiya va tarjima adabiyotlari ham o‘rin oldi. Kitob ko‘rgazmasi haftalik davomida tashrif buyurgan kitobxonlarni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirdi, ularni mutolaa madaniyatiga chorladi va kelgusida ham bunday tadbirlarni davom ettirish zarurligini ko‘rsatdi.