Kitob zehnlarni peshlab,bilimlar koniga eshik ochadi,ma`naviyatni boyitadi!
Bugun 28- aprel kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazining «Bolalar » bo’limining mutaxassisi S.Beknazarova «Bilimdon yoshlar»,»Yosh kitobsevarlar» klubi a’zolari bilan «Kitob kitobxonlik-inson ma’naviyat ko’zgusi» mavzusida targ’ibot o’tgazdi. Targ’ibotda 1-umumta’lim maktabning 2-sinf o’quvchilari, faol kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida she’rlar, go’zal raqslar ijro etildi. Targ’ibot davomida Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarni kutubxona bo’ylab sayohat qildirdilar.