“Ajdodlarimiz fojiasi”
O‘quvchilarimiz e’tiboriga taqdim etilayotgan Mirkarim Osimning “Ajdodlarimiz fojiasi” kitobida Boborahim Mashrab, Mohlaroyim Nodira, Spitamen, Temur Malik, Jahon Otin Uvaysiy kabi ajdodlarimiz hayot yo‘li, ularning fojiali taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Qissalarni o‘qir ekan, kitobxon yaqinlari hayoti uchun jon fido qilishga tayyor uyg‘oq yurak, uyg‘oq ruh bilan yashagan, atrofidagi insonlarning xatti-harakatlaridan og‘ringan, insonlar taqdiriga yaxshilik olib kirishga intilgani holda kamsitilgan, tahqirlangan ajdodlari bilan yuzlashadi.