Tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

📘 Siz ham ona bo’lasiz

Farzand insonga beriladigan ne’matlarning eng azizlaridan biridir. Ming afsuski, bu ne’mat hammaga ham nasib etavermaydi. Oramizda necha yillardan beri farzand ko‘rish orzusida yashayotgan oilalar kam deysizmi? Ular bilan gaplashsangiz, davo izlab bormagan joylari, qilmagan ishlari qolmaganini aytishadi.

Kitobda farzand ko‘rolmaslikka sabab bo‘ladigan kasalliklar, ularga tashxis qo‘yish, davolash yo‘llari va boshqa masalalar qalamga olingan. Shuningdek, bu kabi muammolarni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan oilalarning hayotiy hikoyalari ham keltirilgan. Mavzuga qiziqqan keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.