“Xotira aziz – qadr muqaddas” nomli kitoblar davra suhbati tashkil etildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan  “Xotira aziz – qadr muqaddas” nomli kitoblar davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat, mardlik va sabr-toqat haqida so‘z yuritildi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi yod etilib, ularning bugungi tinch hayotimiz uchun qo‘shgan beqiyos hissasi yuksak ehtirom bilan tilga olindi.
📚 Ikkinchi jahon urushi, urush faxriylari va mard vatandoshlarimiz jasoratiga bag‘ishlangan tarixiy kitoblar, hujjatli asarlar, badiiy adabiyotlar o‘rin olgan ko’rgazma xam tashkil etildi.

🎖 Maqsad – xalqimizning mard o‘g‘lonlari xotirasini e’zozlash, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdir.

📖 Ko‘rgazma barcha kitobxonlar uchun ochiq. Tashrif buyuring, tariximizni birgalikda eslaylik!