Tavsiya qilamiz

Yangiliklar

📖 «Somon yo‘li elchilari»
✍️ Tohir Malik

Uch aka-uka uch tomonga qarab ketgan yo’l qarshisidan chiqishibdi. O’ylay-o’ylay shu yerda ajralishga qaror qilishibdi. Kattalari «Borsa kelar», deb yozilgan yo’lga, o’rtanchasi «Yo kelar, yo kelmas» deganiga, kenjasi esa «Borsa kelmas», deb ko’rsatilgan yo’lga qarab ravona bo’libdi. Kenja botir yo’l yursa ham mo’l yuribdi, qurigan quduqlarga qarab chanqog’ini qondiribdi, ushog’i ham qolmagan to’rvasiga tikilib qornini to’ydiribdi. Ozib-to’zib ketsa ham ortga qaytmabdi, oxiri uzoq yo’l yurib, yo’l yursa ham mo’l yurib, bir shahar ostonasiga yetib boribdi, shahar darvozalariyu baland devorlari go’yo yonib turar emish. Kenja botir shahar ichkarisiga kirib hayratdan yoqa ushlabdi. Bu yerda na bir tirik jon, na bir ko’kat, na bir daraxt bor, hamma narsa yoniq toshga aylangan emish.