📖 So‘nggi o‘q. Savohil
✍️ Toxir Malik
Tohir Malikning «Savohil» hamda «So’nggi o’q» qissalari o’zbek kitobxonlari uchun yaqin o’tmishimizga bir nazar bo’lib , tarixiy voqealar asnosida inson ruhiyatiga qilinadigan benazir sayohat hamdir. Qismat va zamonning achchiq to’lqinlariga tashlangan qahramonning temir bardoshiga tan bermay ilojimiz yo’q. Tog’dek g’amlar ostida ham eng buyuk sharaf – inson bo’lib qolish darsini o’rganamiz.