Joriy yilning 12-may kuni Muzrabot tuman axborot kutubxona markazi va “Yangi hayot” MFY.hamkorligida Viloyat Soliq inspeksiyasi hodimi R.Xudoyberdiyev, tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish deportament bo’limi xodimi B.Qurbonov va “Yangi hayot” MFY.ni yettiligi ishtirokida kitobxonlikni kengroq tarģib qilish maqsadida “Siz huquqingizni bilasizmi” shiori ostida davra suhbati va kitob ko’rgazmasi tashkil etildi.
Inson huquqlari – bu insonning tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklardir.
Inson huquqlari munosib hayot kechirish va insoniy salohiyatimizni rivojlantirishga imkon berish uchun zarur bo‘lgan barcha insoniy fazilatlar uchun muhimligi haqida kutubxona kitobxonlari ishtirokida mazmunli davra suhbat tashkil etildi.
Shuningdek huquq jamiyat hayotining turli sohalari – iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-maʼnaviy munosabatlarga taʼsir etishi haqida ham gapirib òtildi.