Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo’ladi.
Muzrabot tuman axborot kutubxona markazi xodimi Sayyora Beknazarova tomonidan “Yangi hayot” MFYda istiqomat quluvchi Sadatovlar xonadonida bo’lib, u xonadonda istiqomat qiluvchi bolajonlar bilan suhbat olib borildi va kitoblar targ’iboti o’tgazildi.