Tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

✍️ O’lmas Umarbekov
📚”Odam bo‘lish qiyin”

O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida yozuvchi O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, ma’naviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o‘qiladigan asarlardir. Adib bolalarning bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, sidq-u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, turfa toifadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.