📘 Inson qadri
Yangi O’zbekistonda xalqimiz turmush farovonligini oshirish, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha O’zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qo’lingizdagi kitob inson sha’ni va qadr – qimmatini yuksaltirish, uning hayotidan rozi bo’lib yashashini ta’ minlashdek ulug’vor maqsadlarning yurtimizdagi amaliy ifodasi haqida hikoya qiladi.
To’plamda davlat va jamoat arboblari, taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, mashhur san’atkorlar hamda o’z hayoti misolida mahr va e’tibor ko’rgan oddiy insonlarning fikr-mulogazalari, samimiy e’tiroflari jamlangan.
