O’zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish” maqsadida joriy yilning 11-iyun kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati” bo’limi mutaxassisi Bobomuratova Madina tumanning “Yangi hayot”MFY. hududida joylashgan 13-sonli MTMda “Moviy jamadon tashrifi” loyihasi asosida ko’chma kutubxona tashkil qildi. Moviy jamadon tashrifi lohiyasida bog’chadagi jajji bolajonlarga ertaklar o’qib berildi. 13-MTMdagi bolalar va tarbiyachilarga kutubxona va kitoblar to’g’risida to’liq ma’lumot berildi. “Moviy jamadon tashrifi” loyihasida 21 nafar bolajonlar ishtirok etdi.