Muzrabot tuman  axborot-kutubxona markazi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi ishlari izchil olib borilmoqda.

Yangiliklar

Yoz faslining ma’naviy va madaniy hayotini boyitish, maktab oromgohlarida dam olayotgan bolalar va yoshlar uchun foydali mashg‘ulotlar tashkil etish maqsadida Muzrabot tuman  axborot-kutubxona markazi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi ishlari izchil olib borilmoqda. Bugun kutubxona xodimlari 1-umumta‘lim maktabiga tashrif buyurdi. Kutubxonada mavjud bo’lgan bolalar adabiyotlari, ertak, hikoya, entsiklopediya kitoblaridan ko‘rgazma tashkil qilindi hamda shu kitoblar haqida ma’lumot berdi.
Loyiha — o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtini sermazmun o‘tkazish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodkorlik va tafakkur salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.