Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari yozgi ta’tilda yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli va maroqli o’tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bir qancha tadbirlar tashkillashtirmoqda.30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan tumanning “Bodomzor” MFY.da istiqomat qiluvchi bolajonlarga ko’chma kutubxona tashkillashtirildi.
Bolalarga kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi, yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Tashrif buyurgan bolajonlarga viktorina o’yinlar va sog’lomlashtiruvchi mashg’ulotlar o’tkazildi.