“Kitob – aqlning ozuqasi!” shiori ostida kitobxonlik tanlovlari bo’lib o’tdi.

Yangiliklar

Kitob bilim olamiga, orzular olamiga ko’prikdir.
Kitob – aqlning ozuqasi.
Kitob sizning do’stingiz.Joriy yilning 11-iyul kuni Muzrabot tuman hokimi, tuman Axborot-kutubxona markazi, Respublika Manaviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo’linmasi hamkorligida Yozgi taʼtilda yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil
etish maqsadida “Kitob – aqlning ozuqasi!” shiori ostida
kitobxonlik tanlovlari bo’lib o’tdi.
. Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarni rag’batlantirish, ularni o’z aql-zakovatini namoyon etishga ko’maklashishga, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish , yozgi ta’tilda bo’sh vaqtini samarali o’tgazish, kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.
Tanlov juda qizaqirli bo’lib, kitobxonlik bo’yicha savol-javoblarga boy tarzda o’tdi.