✍️Abdulla Qahhor
📗Anor
Abdulla Qahhor o’zbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga ko’tardi va o’zbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. Uning hikoyalari, birinchi navbatda, samiymiyligi, ishontirish kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan bo’lib o’tgan voqea, real hayotning bir bo’lagi, epizodi bo’lib gavdalanadi.Hikoyalarning ko’pchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning turmushga o’zi ko’rgan, eshitgan hodisalardan, tanish kishilar hayotidan olingan.