Muallif: Toxir Malik
Nomi: Kelinlar daftariga
Tili: Oʻzbek (kirill)
Nashriyot: “DAVR PRESS”
Nashir yili: 2019-yil
Oila “baxt saroyi’ deb ataladi. Nikoh – shu saroyning poydevori. Uni er-xotin birga barpo etishi kerak.
Kelin yangi uyga kelgach, u yerning odat va tartiblarini o‘zlashtiradi. Agar u yaxshi xulq va mas’uliyatli ona bo‘lishni o‘rganib, oilani mustahkamlay olsa, baxtli oila quradi.
Yozuvchi Tohir Malik “Kelinlar odobi” risolasida shu mavzuda yozgan. Unda kelin, kuyov, qaynota-qaynona uchun foydali maslahatlar berilgan. Muallif hasad, g‘azab, mazax kabi yomon odatlardan qaytarib, sabr, qanoatga chaqiradi.
Shuningdek, oilani mustahkamlash yo‘lida hadis va hikoyatlardan misollar keltiradi. Kitobda qo‘ni-qo‘shnichilik, mehmondo‘stlik, vaqtni qadrlash, isrofdan qochish kabi yaxshi fazilatlar haqida so‘z boradi.