Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Mehrigiyoh” MFY.da “Tanishing, Yangi adabiyotlar” nomli ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
Mazkur tashabbus “Sirli kutubxona” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda bo‘lib, undan maqsad — yangi kitoblarni keng jamoatchilikka tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish va badiiy hamda ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat.
📖 Yangi adabiyotlar bilan tanishing, ma’naviy boylikka oshno bo‘ling!