Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida ma’rifat yo‘lining porloq yulduzi — buyuk alloma, pedagog, shoir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy tavallud kuniga bag‘ishlab “Buyuk ma’rifatparvar alloma” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Avloniyning “Ma’rifat – najot yo‘lidir” degan purma’no so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ko‘rgazmada Avloniy merosiga oid asarlar, hayot va faoliyatini yorituvchi materiallar namoyish etildi. Bu tashabbus yosh avlod qalbiga ilm, ma’naviyat va vatanparvarlik urug‘larini qadashga xizmat qiladi.