Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari “Yangi O’zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida va “Dolzarb 90 kun” doirasida bolajonlar uchun “Kitob – bilim manbai” nomli rang-barang kitob ko‘rgazmasi tashkil etishdi.
Mazkur ko‘rgazmada o’quvchi yoshlarga yoshga mos badiiy va she‘riy adabiyotlar namoyish etildi. Kutubxona xodimlari kichkintoylarga kitoblar olamining mo‘jizalari, ularning bilim olishdagi o‘rni va ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Shuningdek, ular bolalarga kitob o‘qishga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, tafakkur va tasavvurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi adabiyotlar bilan tanishtirdi.