📚 Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev asarlaridan iborat “Mamlakat taraqqiyotiga bag`ishlangan umr” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖 Ko‘rgazmada davlatimiz rahbarining siyosiy nutqlari islohotlar yo‘nalishidagi asarlari ta’lim iqtisodiyot yoshlar masalasi va xalqparvarlik g‘oyalari mujassam bo‘lgan kitoblari keng namoyish etildi.
Yurtimizda jadal olib borilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari hamda barcha sohalardagi taraqqiyot avvalo Prezidentimizning xalq manfaatlarini ustuvor qo‘ygan siyosiy irodasi va g‘oyaviy qarashlari samarasidir.
📚 Prezident asarlari nafaqat siyosiy-adabiy manba, balki yoshlarga yo‘lko‘rsatkich, fidoyilik va Vatanga muhabbat timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda.