“Tanishing, o’lkaga oid yangi adabiyotlar” ko’rgazmasi tashkil qilindi.

Yangiliklar

Kitoblar orqali olingan bilim qorong’u tundagi mash’alga o’xshaydi. Bilasizmi, nima uchun ko’p kitob o’qish kerak? Chunki, kitob hamisha, har joyda, har qanday sharoitda sizga do’st, hamroh, himoyachi, yo’lboshchi bo’la oladi. Yana bir muhim jihati qanchalar ko’p o’qisangiz shunchalar tafakkuringiz boyib boradi.   Nafaqat borliq va atrof-muhitni, balki inson qalbini ham tasavvur qilib, fikrini o’qiy oladigan maqomga erishasiz.
Yoshlarimizni kitobga bo’lgan mehrini va   bilimlarini yanada oshirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida Muzrabot tuman AKM mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan “Tanishing, o’lkaga oid yangi adabiyotlar” ko’rgazmasi kitobxonlarni o’lka ijodkorlari bilan yaqindan tanishishiga zamin yaratadi.