Qadriyatlarimizni asrash va ulug‘lash maqsadida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi o‘z ish faoliyatini milliy libosda boshladi. Bu tashabbus xalqimizning o‘ziga xos urf-odatlari, milliy an’analariga bo‘lgan hurmatning ifodasidir.
📚 Kutubxona muhitida milliy libos nafaqat tashqi go‘zallik, balki ichki g‘urur, madaniyat va tariximizga bo‘lgan e’tibor ramzi sifatida namoyon bo‘ldi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarda milliylik ruhini mustahkamlashga, o‘zligini anglashga va ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
✨ Milliy libos – bu bizning o‘zligimiz, tariximiz va madaniyatimiz timsoli!