Booktreyler

Video lavhalar

Oybek shoir, nosir, adabiyotshunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga koʻp bor murojaat etgan. Uning 1942-yil Ikkinchi jahon urushining qizgʻin bir paytida „Navoiy“ romanini yozib tugatgani tasodifiy emas. Nafaqat ulugʻ shoir, balki 15-asrdagi Xuroson hayotini ham puxta oʻrgangan adib bu asarda Navoiyning shoir va inson sifatidagi gumanizmi — insonparvarlik mohiyatini katta mahorat bilan gavdalantirib bergan. Oybek Navoiy obrazini 15-asr Xurosonida roʻy bergan muhim tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, shu davrda Temuriylar davlatini harakatga keltirgan, keyinchalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuchlar va ularning oʻzaro kurashini xaqqoniy aks ettirgan. Oybek mazkur asari bilan oʻzbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab, uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi.

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi To’rayev Menglimirod tomonida ushbu asarga tayyorlangan #booktreyler.ni tomosha qilishingiz mumkin.