🏛Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida yangi kelib tushgan badiiy adabiyotlar asosida “Tanishing yangi adabiyotlar ” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖 Ko‘rgazmada turli janrlardagi zamonaviy va klassik asarlar, o‘zbek hamda jahon adabiyotining sara namunalarini ko‘rishingiz mumkin.
📌 Maqsad – kitobxonlarimizni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishdir.
📍 Kitobxonlikka qiziqasizmi? Unda Muzrabot tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyuring va siz uchun qiziqarli bo‘lgan yangi asarlarni o‘qing!