✏️ Aleksandr Grinning
📕 Alvon Yelkanlar
Aleksandr Grinning “Alvon yelkanlar” povesti Assol ismli qizchaning og’ir va iztirobli hayoti haqida so’zlaydi. Assol go’daklik chog’ida onasidan ajrab qoladi. Otasi esa o’zini qizalog’ining tarbiyasiga bag’ishlaydi. Uni mo’jizalarga ishonch ruhida o’stiradi.
Bir kuni qizaloq Egil ismli keksa ertakchini uchratib qoladi. Ertakchi qizaloqqa qachonlardir uni so’roqlab alvon yelkanli kemada shahzoda kelishini aytadi. Qizcha ana shu gapga ishonadi va sadoqat bilan o’sha saodatli damlarni kutib yashaydi.
